O‘qilmagan namoz va tutulmagan ro‘za

Assalomu alaykum! Raxmatli onamni o‘qilmay qolgan namozlari va ro‘zalari uchun beriladigan fidyani ado etish niyatida tillo uzuk xalqalarni ehson qilmoqchi bo‘lsak uni sotmasdan tillolarni o‘zini ehson qilsak bo‘ladimi? Sotmoqchi bo‘lsak zargarlar juda past boholashmoqda. 2). Fidyani opamni kuyovi pochchamga deb niyat qilib pochchamga ehson qilsak bo‘ladimi, chunki ro‘zgorlari ancha nochor. 3). O‘qilmagan 1 kunlik namoz tutulmagan 1 kunlik ro‘zani fidyasi 2 kilo bug‘doy deb o‘qidim shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avvalo merosxo‘rlarni aniqlash kerak. Hammasini hissasini tayin qilish kerak. Keyin barchalari rozi bo‘lsa pochchangizga bo‘lsa ham berishingiz joiz. 3). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar