Din

Assalomu alaykum! Meni boshka millatga tegishli tanishlarim bor. Ular o‘zlarini "agnoist" deb bilishadi. Ya’ni ular Xudo bittaligiga va oxiratga ishonishadi, lekin xech bir dinga itoat qilishmaydi ham ibodat ham qilishmaydi. Ba’zan Yaratgan haqida fikr yuritishadi, ammo Islom, Qur’oni, Tavrot yoki Injilga qiziqishlari ham yo‘q. Bu isnonlarni qanday nomlash mumkin va ularni qanday taqdir kutadi ularga qanday yordam berish lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Allohga, farishtalariga, kitoblariga payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligiga va o‘limdan keyin qayta tirilishga hamda Alloh farz qilganlarning farzligiga harom qilganlarning haromligiga iymon keltirishlari shart. Bulardan birortasi topilmasa ularni mo‘min deyilmaydi. Oqibatlari ham mo‘minlarning oqibatidan boshqa bo‘ladi. Alloh taolo “Oli Imron” surasida marhamat qiladi:  إِنَّ الدِّينَ عِندَ اللّهِ الإِسْلاَمُ وَمَا اخْتَلَفَ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ إِلاَّ مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ وَمَن يَكْفُرْ بِآيَاتِ اللّهِ فَإِنَّ اللّهِ سَرِيعُ الْحِسَابِ۝  19. Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelganidan so‘ng o‘zaro zulmu hasad qilibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh o‘ta tez hisob qiluvchidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 161 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar