Qazo namoz o‘qish tartibi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, menga qazo namoz haqida ma’lumot bersangizlar. Bir odam umrida namoz o‘qishni boshlab, orada tashlab tashlab betartib o‘qib yurgan bo‘lsa, keyin uzluksiz qoldirmay o‘qiydigan bo‘lgandan keyin o‘tmishda qancha va qaysi vaqtdagi namozlarni qazo qilganini aniq bilmasa, u holda nima qiladi?
2). Keyin bu qazolarni o‘qishda faqat farzi o‘qiladimi yoki sunnat va vojiblar hammi?
3). Farzini o‘qiyotganda 4 rak’atli va 3 rakatli farzlarni 3-4- rak’atlariga zam qo‘shadimi yoki yo‘qmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ko‘nglingiz taskin topadigan darajada o‘qing. 2). Faqat farzlar o‘qiladi. 3). Tugamaganligini aniq bilsangiz 3-4-raka’atlarga zam sura qilmaysiz. Qazolaringiz qolgan yoki qolmaganida shak qilib qolsangiz 3-4-rak’atlarga zam sura qilasiz. Chunki qazo bo‘lsa, 3-4-rak’atlarga zam sura qilishni zarari yo‘q. Agar nafl bo‘lsa, zam sura qilishingiz vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar