Rinoplastika islomda mumkinmi
Assalomu alaykum! Rinoplastika islomda mumkinmi? Burun shaklini tekis guzal qiluvchi bu sohada faoliyat yurutish, foydalanish guzal islom dinimizda joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!— Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi xalqaro islom fiqhi akademiyasi qarori
Bismillahir rohmanir rohim
Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi xalqaro islom fiqhi akademiyasi Malayziyaning Butrajaya shahrida 1428-hijriy yili Jumadul oxira oyining 24-dan 29-gacha ya’ni melodiy 2007-yil 9-iyuldan 14-iyulgacha bo‘lib o‘tgan majlisda quyidagi mavzuni muolaja qildi:
«Kosmetik jarrohlik va uning hukmi»
Bu mavzu bo‘yicha taqdim qilingan ilmiy ishlar munoqasha qilinib, u haqda bo‘lib o‘tgan tortishuvlarni eshitib, Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi xalqaro islom fiqhi akademiyasi quyidagicha qaror qiladi.
Birinchi: Kosmetik jarrohlikning ta’rifi;
Kosmetik jarrohlik insonni zohiriy jismidagi bo‘laklaridan birini o‘zgartirish orqali chiroy kiritish yoki shikast etganligi sababli vazifasini qayta izga tushirish uchun xizmat qiladigan jarrohlikdir.
Ikkinchi: Kosmetik jarrohlik mobaynidagi umumiy shartlar va normalarga amal qilish;
1. Jarrohlik shar’iy e’tibor bilan amalga oshirilgan bo‘lmog‘i lozim. Masalan vazifani qayta yo‘lga qo‘yish, aybni isloh qilish va xilqatni asliga qaytarish.
2. Jarrohlik umid etilgan manfaatni o‘rniga zararni oshirib yubormasligi kerak. Bu ishni mutaxassis va ishonchli kishilar amalga oshirmog‘i lozim.
3. Jarrohlik amaliyotini qiluvchi tabib yoki hamshira o‘sha kasbni ahli va mutaxassisi bo‘lishi va bu mas’uliyat akademiyaning 142-raqamli qaroriga muvofiq bo‘lishi.
4. Jarrohlik amaliyoti bemorni izni bilan bo‘lishi.
5. Tabib ongli va voqe’ bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatarlarni ko‘ra bila oladigan bo‘lishi lozim.
6. Jarrohlikdan ta’siri oz bo‘lgan boshqa muolaja bo‘lmasligi lozim.
7. Shar’iy manbalarga muxolif bo‘lmasligi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda u zot: «Igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdirtiruvchini, soch ulaydiganni va ulatadiganni, husn uchun tishlarini orasini ochuvchini va Alloh xalq qilgan narsani o‘zgartiruvchini la’natlagan», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Ibn Abbosdan roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda keltirilishicha, soch ulovchi ayol va soch ulattiruvchi ayolni, igna bilan badaniga surat chizuvchi ayolni va chizdiruvchini, og‘riqsiz badaniga surat chizuvchini la’natlangan. Abu Dovud rivoyati.
Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zini ayollarga o‘xshatuvchi erkakni hamda o‘zini erkakka o‘xshatuvchi ayolni bu ishlarni qilishidan man etganlar.
8. Davolanish qoidalariga amal qilmog‘i. Nomahram bilan xoli qolmaslik, avratlarni ochmaslik va shunga o‘xshash narsalardan chetlanish. Zarurat uchun yoki majbur bo‘lib qolganda zarari yo‘q.
Uchinchi: Shar’iy ahkomlar;
1. Kosmetik jarrohlik zarurat va hojat yuzasidan shar’an joizdir.
A – Jismdagi a’zo shaklini Alloh xalq qilgan holatiga qaytarish.
Alloh Qur’onda bu haqda: «Darhaqiqat Biz insonni eng go‘zal shaklu shamoyilda yaratdik» (Tiyn-4), deb aytgan.
B – Jism a’zosiga taniqli ma’lum vazifasini qaytarish.
V – Xalqiy ayblarni isloh qilish, masalan darz ketgan lab, qiyshiq burun, xol, barmoq va tishlarni ortiqchasi yoki barmoq yopishib qolib uni shu tarzda turishi moddiy yoki ma’naviy zarar keltirsa
G – Baxtsiz hodisalar sababli masalan yong‘in, kasallik va shunga o‘xshash narsalar. Masalan kasal terini olib tashlab, sog‘ terini yamash amaliyoti, emchakni kasallikka olib borishidan xavfga tushilsa ba’zi qismini yoki barchasini olib tashlash, soch to‘kilib ketganda soch ekish. Bu xususan ayollarda uchraydi.
E – Badbasharalikni yo‘qotish xususan bu nafsiy aziyatga sabab bo‘lsa.
2. Kosmetik jarrohlik amaliyoti tibbiy muolaja bo‘lmay, balki insonni tekis xilqatini o‘z havoyi nafsiga ergashib yoki boshqalarga taqlid qilib, rag‘batlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bo‘lsa joiz emas. Xuddi yuzni muayyan ko‘rinishda ko‘rinish uchun yoki firib qasdi va adolatni buzish ma’nosida bo‘lishi, burun shaklini o‘zgartirish, labni katta yoki kichik qilish va ko‘z shaklini o‘zgartirish hamda lunjini kengaytirish kabilar.
3. Vaznni ilmiy vositalar bilan kamaytirish, agar vazn kasallikni keltirib chiqarsa jarrohlikdan boshqa yo‘l qolmasa, zarardan omonda bo‘lish sharti bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazish joiz.
4. Ajinni jarrohlik yo‘li orqali yoki ukol orqali modomiki kasallik holati bo‘lmasa zarardan omonda bo‘lish sharti bilan joiz emas.
5. Qizlik pardasi, baxtsiz hodisa yoki zo‘ravonlik oqibatida yoki majburlashlik bilan yirtilib ketgan bo‘lsa uni tikish joiz. Ammo fohisha sababli o‘sha qilgan gunohini yopish uchun bo‘lsa shar’an joiz emas. Bu amaliyotda do‘xtir ayollar boshchilik qilmog‘i lozim.
6. Mutaxassis tabib tibbiy amallarda shar’iy qoidalarga amal qilmog‘i va jarrohlik qildirayotganlarga nasihat qilmog‘i lozim. Chunki «Din nasihatdir», deb aytilgan.
Quyidagi narsalar tavsiya qilinadi:
1. Shifoxona va xususiy klinika shifokorlari Allohga taqvo qilishni lozim toping. Amaliyot davomida harom narsalarga yo‘l qo‘ymang.
2. Tabiblar va jarrohlar xos tibbiy mashg‘ulot va kosmetik jarrohlikka taalluqli narsalarda fiqhini bilmoqlari va u ishlarida shar’iy hukmni aniqlamasdan turib faqat moddiy manfaatni o‘ylamasliklari lozim. Hamda haqga muxolif bo‘lgan savdoga targ‘ib qiluvchi narsaga ham bormasligi lozim. Vallohu a’lam.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh https://savollar.islom.uz/savol/29715
26 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 207 | Islam