AQShda avtokredit
Assalomu alaykum! Men AQShda istiqomat qilaman Bu erda mashinani finanse ga(kreditga) olish judayam ommalashgan. Bu erda avtosalonga borib o‘sha erdan o‘sha avtosalonni banki orqali kreditga muddatli to‘lov qilib moshina olsa bo‘ladi. Bank avtosalonga moshinani narxini to‘lab beradi va ustiga malum bir foiz yoki umuman foiz qo‘ymay istemolchiga 1-5 yilga muddatli to‘lovga beradi. Mening bilishimcha ribo hisoblanishi uchun foizning ahamiyati yo‘q lekin penya(late fees) kechiktirilgan oylik tolovni ahamiyati bor. Shunday qilib avtosalonga borib muddatli to‘lovga moshina olsam bo‘ladimi? Bir tanishim “bo‘lmaydi” dedi lekin foizi yo‘q bo‘lsa ya’ni 0% bo‘lsa “bo‘ladi” dedi. Mening bilishimcha ribo foiz orqali emas balki penya ya’ni kechiktirilga to‘lov orqali ribo hisoblanadi. Men bo‘lmaydi dedim. Barcha avtokreditga aloqador savollarni o‘qib chiqdim, lekin vaziyat boshqacharoq bo‘lganiligi uchun aniq javob topa olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribo bo‘lishi uchun foizni ahamiyati rosa bor. Chunki bank mashinani sotib olmaydi. Aksincha oluvchiga qarzga pul berib, ustamasini oladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar