Qarzni uzoq muddatda uzishda infelyatsiya masalasi
Assalomu alaykum! Bir kishiga ko‘p miqdorda pul zarur bo‘lib qarz olishiga to‘g‘ri kelmokda. Lekin bu qarzni tez orada qaytara olmasligi aniq. Qarz beruvchi buni yaxshi biladi va uni qiyin xolatga solmaslikni xoxlaydi. Agar bergan pulini qistamasdan yuraversa vaqt o‘tishi bilan berilgan summa o‘z qiymatini juda sezilarli darajada yo‘qotishi aniq. Shuning uchun quyidagicha yo‘l tutish xalol yoki xarom bo‘lishiga aniqlik kiritib bersangizlar. Ya’ni: 1). Qarzga berilayotgan summa davlatimiz tomonidan rasman belgilangan “ENG KAM ISh HAQI” miqdoriga nisbatan xisoblanadi. Masalan E.K.I.Xning 150 barobari. 2). Qarzni olgan inson xar oyda qarzining EKIXning 1 barobari miqdori to‘laydi. 3). Davlat tomonidan EKIX miqdori o‘zgartirilganda qarzni to‘lash shu summaga nisbatan to‘lab boriladi, ya’ni joriy oyda EKIX miqdori qancha bo‘lsa shu miqdorda. 4). Shu tarzda olingan qarz 150 oy davomida to‘liq uziladi. Shunday qilish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bunday qilish joiz emas. Siz bilan biz qarz berish qanchalar ulkan savobli amal ekanligini unutib qo‘ydik. Savobli ishda harajat bo‘lishi tayin. Shuning uchun ishonchli bir narsani bersin. Masalan so‘mi bor odam dollar sotib olib dollar bersin. Qaytarib olishda dollar o‘ta darajada qimmatlab ketsa, insof bilan qarzini bir qismini kechib yuborishi mumkin. Berayotgan so‘mim shuncha dollar ekan ham demang. Dollar sotib olib qo‘liga bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom