Ota-onaning xonasi ustida yurish

Assalomu alaykum! Arxitektorman, 2 qavatli uylarni loyihalayotganda 1-qavatda ota-onani tepa qavatiga farzand to‘g‘ri kelib qoladi, buni o‘zim istamasam ham mijoz va joyning tanqisligini hisobga olsa shundek qilishga majbur bo‘lib qolamiz. Bu haqida shariatimiz nima deydi? Farzand ota-onasining tepasidagi xonada yashashi mumkinmi? Yosh oilani yotog‘ida dush uchun xona bor, shu joyni xonaning qibla tarafiga joylashtirish mumkin emas dedi ko‘pchilik, bu haqida ham maslahat bersangizlar. Kelajakdagi ishimda manfaatli bo‘lar edi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota onasi rozi bo‘lsa, zarari yo‘q. Hojatxonasi qiblaga qaramasa, bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar