Bamdod namozi

Assalomu alaykum! Ustozlar, jamoat bilan imom farz namozini o‘qishdan oldin sunnatni o‘qib olsa bo‘ladimi yoki keyin o‘qishi kerakmi? Men ko‘pchilikka e’tibor berdim, sunnatni o‘qimadilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sunnatni uyda o‘qigan bo‘lishlari mumkin. “Anvarul Boriy” kitobida farzni jamoat bilan o‘qish qanchalik afzal bo‘lsa, naflni uyda o‘qish shunchalik afzal deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 179 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar