Skidkadan qolgan pul
Assalomu alaykum! Katta Magazinda ishlaymiz, bizda sotib bo‘linggan mahsulotni (kiyim) ni mijozlarimiz 10 kun ichida qaytarib olib kelib almashtirish huquqiga ega. Jumladan bir kuni bir mijozimiz olingan kiyimni qaytarib olib keldi, va boshqasiga almashtiraman dedi, afsuski o‘sha vaktda bizni tizim ishlamayotgan edi. Biz mijozdan almashtirish uchun olib kelgan kiyimni qaytarib olsak sistemaga (kassaga) kirgizib qo‘yishimiz kerak. Shu holatni mijozga aytdik. Shunda mijoz uzi yangi tanlagan mahsulotni eskisiga (kaytarmb olib kelganiga) almashtirib narxdagi farqni (75000 sum) tashlab ketdi. Tizim bugun ishladi va biz uni sistemaga (kassaga) kiritdik. Bizda gox goxida chegirmalar (skidka) bo‘lib turadi shuning uchun o‘sha mijoz olgan maxsulot (kiyim)ni narxi tushib qolgan ekan, biz uni bugun tizim ishlab, sistemaga (kassaga) kiritganimizda sistemada usha mijoz to‘lagan maxsulotning farki 75000 emas balki 25000 sum ekanligini bildik va biz sistemaga 25000 so‘mni kiritdik, natijada biz ni qo‘limizda 50000 sum qoldi. Mizoj usha 75000 ni rozi bulib tulagan. Savolim shuki Bu ortib kolgan 50000 sumni biz ishlatsak bo‘ladimi? Bizga halolmi? Aytib o‘tishim kerak agar o‘sha mahsulotning (kiyim) farki 75000 sumdan 25000 sumga tushmasdan aksincha qimmatlaganda (aytaylik 100000 sumga) ko‘tarilib kolganda xam o‘sha farkni o‘zimiz to‘lashga majbur bo‘lar edik. Chunki bizda narxlar faqat arzonlashmaydi, bazida qimmatlashib bazida arzonlashadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ishlatsangiz bo‘lmaydi. Pulni do‘konning kassasiga qo‘yish kerak. Chunki mijoz kelgan kuni hali chegirma bo‘lmagan. Shuning uchun bu pul do‘konning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ishlatsangiz bo‘lmaydi. Pulni do‘konning kassasiga qo‘yish kerak. Chunki mijoz kelgan kuni hali chegirma bo‘lmagan. Shuning uchun bu pul do‘konning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom