Dallollik (prorablar xususida)

Assalomu alaykum! Ma’lumki, uy-joy, binolar qurilishida ish yurituvchilik (prorab) kasbi bor. Bu kasbni tutganlar mijoz bilan kelishgan holda ma’lum bir ish haqini tayin qilib uyni quradilar. Qurilish jarayonida prorablar qurilish mollarini ham ko‘pincha o‘zlari tavsiya qiladilar. Shu holatda, prorab qurilish molini sotuvchi bilan o‘zaro til biriktirib, molning narxini mijozga asl narxidan 10%ga ko‘proq aytasan desa, va shu 10% miqdoridagi pulni menga berasan desa, bundan mijozning xabari bo‘lmasa bu ish prorab va sotuvchi uchun to‘g‘rimi? Prorabning o‘z mehnati uchun olayotgan ish haqidan tashqari, qurilish mollarini sotib olishda mijoz bilan sotuvchini yuzlashtirib, mol haqida tavsiya bergani uchun haq olish, bu ishni sotuvchilar bilan kelishib doimiy ravishda amalga oshirish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ochiq-oydin xiyonat hisoblanadi. Mabodo qurilish materiallarni sotayotgan odam o‘zining foydasidan 10% kechib, kelishilgan holda ustaga bersa, usta uy egasiga aytib qo‘ysa, shunda olgan foydasi halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar