Sarimsoq piyoz iste’mol qilib masjidga borish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, jum’a namozida yonimda o‘tirgan namozxon sarimsoq piyoz iste’mol qilib masjidga kirgan ekan, xijolat qilmasin deb  tanbeh bera olmadim, lekin imom qilayotgan mav’iza ham qulog‘imga kirmay qoldi, namozga takbir aytilgandan keyin yonga surilib orqa safdagi namozxonni yonimga chaqirib oldim. Namozdan keyin o‘zimga ravo ko‘rmagan narsani orqa safdan yonimga o‘tib namozni ado qilgan kishiga ravo ko‘rganim uchun yuragim g‘ash bo‘lib qoldi. Bunday xolatda qanday yo‘l tutish kerak? Noqulay savol uchun oldindan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday suratda “bu birodarimiz shu masalani bilmasa kerak” deb sabr qilish kerak. Bunchalik nozik bo‘lmaslik kerak. Dinimizda “tahammulul azaa” ozorlarni ko‘tarish xislati ham maqtalgan. Hususan johil bo‘lsa. Bunday o‘rinlarda kechirimli va sabrli bo‘lish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:28 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar