biror holatni qabul qilish

Ustoz sizning * Sunniy aqiydalar * deb nomlangan kitobingizni Alloh qodir qilganicha o‘qib o‘rganyapman. Ustoz mazkur kitobning Qazo va qadar bobini o‘qib chiqqandan keyin qalbimda og‘ir holatdan qiynalyapman, kitobda bandaning biror amalni qilishi haqida quydagicha aytilgan: banda bir amalni qilmoqchi bo‘lsa, u erda ikkita narsa bo‘ladi 1) Tashqi vositalar 2) Bandaning shu amalga yo’nalishi Inson shu ikkinchi qismda, ya’ni amalni qilishga yo’nalganda savob yoki gunoh kasb qilishi mumkinligini tushundim. Ustoz savolim quydagicha: Qazo va qadar bobini o‘qigandan keyin hayolimga xar hil o‘ylar keladigan bo‘lib qoldi, M-n biror ish qilsam buni sen o‘zing qilding, bunga Allohning hech ta’siri yo’q degan yomon o‘ylar kelaveradi. Ustoz balki men bu bobni noto‘g‘ri tushungandirman, yoki biror kamchiligim tufayli shunday holat bo‘layotgandir, shunday holatlarda qanday yo’l tutiladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hamma narsa Alloh taoloning irodasi bilan bo‘lishi o‘sha kitobda ko‘p aytilgan. Siz boshqa narsani o‘ylamoqda ekansiz.

26 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar