Masjidda namozga ulgurmasam qazosi o‘qiladimi

Assalomu alaykum! Yoshim 27 da. 3 oy oldin kompyuter xizmatlarini ko‘rsatish do‘koni ochganman. Ishlarim sekin astalik bilan rivojlanishiga Allohdan duo qilib so‘ramoqdaman. Ishim kompyuter qarshisida qog‘ozga rasm yoki xujjatlarni chiqarish, kopiya ishlarini bajarish. Alhamdulillah mana 3 haftadan buyon namozni o‘qishni boshladim. Boshida 3-4 kun bamdodni o‘qib yurdim. Allohga shukurki 3 haftaning 4- kunidan boshlab masjidga borib 5 vaqt namozni jamoat bilan o‘qishni odat qildim (bamdod va xuftonni uyda). 1. Masjidda 1- yoki 2 - rak’at namozga ulgurmasam qazosi o‘qiladimi? 2. Qornim dam bo‘lganga o‘xshab el ko‘p keladi. Tahorat buziladimi? 3. Masjidga namoz o‘qigani borganda masjid haqqiga namoz o‘qisam, niyati qanday bo‘ladi? Buni har kuni har mahalda o‘qisam bo‘ladimi? Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). O‘sha ulgurmaganingizni o‘qib tugatasiz. Bu haqida imomlardan so‘rasangiz batafsil tushuntirib beradi.
2). Chiqsa buziladi.
3). Nafl deysiz. Nafl o‘qish mumkin bo‘lgan vaqtlarda o‘qing. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar