Plastik kartaga maosh tushsa

Assalomu alaykum! Plastik kartamga menga bog‘liq bo‘lmagan holda men uchun halol bo‘lmagan pul kelib tushgan. Shu pulni haq egalariga qaytargunimcha oylik maoshim tushsa va men faqat oylik qismini ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Bo‘lishiga sabab, pul shar’an tayin topmaydi. Masalan bir kishiga sotib olgan narsangiz evaziga 100 so‘mni ko‘rsatib, ikkita 50 so‘mlik bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:31 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar