Asrdan keyin Qur’on o‘qish

Assalomu alaykum! Mani ishdan chiqish vaqtim aynan asr vaqtiga to‘g‘ri keladi hozirgi kunda. Masjidda asrdan keyin shomga qadar Alloh qodir qilgancha Qur’on tilovatini odat qilishka harakat qilyapman. O‘sha masjid ahlidan ikki kishi (o‘zim boshqa viloyatdanman, Toshkentda ishlayman), birisi yoshroq yigit, birisi yoshi ancha katta otaxon, shom kirishiga yaqin, aniqrog‘i asrdan bir soatlar o‘tib Qur’on o‘qimaslik kerak ekan, Alloh taolo o‘qisang ko‘r qilaman degan emish, qoridadalar shunday deyishkan ekan, oyat ham hadis ham bor emish bunga. Qaerda u oyat yoki hadis, mana Qur’on desam, o‘zlari Qur’on o‘qimas ekan, qoridadalar, yana qandaydir tariqat devonalari aytgan emish. Imomdan so‘raylik desam, u ham bilmas ekan, otaxonni aytishiga qaraganda. Lekin hali imomdan so‘ray olganimizcha yo‘q, faqat juma kunlari ko‘rishka imkon bo‘ladi. Balkim shunday hadis bordir, bilmay qolgandirman. Bunday oyat borligi ham man bilmayman, tafsirlarni o‘qib, eshitib bunday ma’lumot eshitmagan ekanman. Savolim: bu gap qanchalik asosli, asrdan keyin namoz o‘qimaslik haqida bilamiz, lekin Qur’on o‘qimaslik hadiqa biror qaytariq bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri fikrlabsiz. Bu haqida na oyat va na hadis bor. Dinimizda “Qur’on o‘qimaslik kerak ekan, Alloh taolo o‘qisang ko‘r qilaman degan emish” degan gap yo‘q. Sharoitingiz shuni taqozo qilsa yorug‘ligi yaxshi bo‘lgan, ko‘zingizga ziyon etmaydigan joyda Qur’on o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 14:38 | Savol-javoblar | 0 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar