Yordam berish

Assalomu alaykum! Allox bilimingizni ziyoda qilsin! Bu savolni saytdan topaolmadim. Agar qayta berayotgan bo‘lsam uzr! Bir kursdoshim bor, u kofir. Vaqti vaqti bilan mendan yordam so‘rayapti. Unga yordam bersa bo‘ladimi? Agar yordam bersam Allohning «kofirlarni do‘st tutmanglar» ma’nodagi oyatiga qarshi chiqqan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Qarshi chiqqan bo‘lmaysiz. Insonni zotidan nafratlanish joiz emas. Ularning kufridan, shirkidan, fisqi fujuridan nafratlanish kerak. Ko‘rmaysizmi Alloh taolo ahli kitob ayollarga uylanishni joiz degan. Ularni sevmasdan, yoqtirmasdan hech kim uylanmaydi. Bunchaligi joiz. lekin ularni kufr va shirklariga rozi bo‘lish kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:33 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar