Pulini berish kerakmi?
Assalomu alaykum! Onam bemor paytlarida davlat kasalxonasida ishlaydigan shifokorga ko‘ringan edilar. Shifokor tashxis qo‘yganidan keyin mana bu dorilarni iching deb bir qancha qutida tabletkalar berib, shuncha pul bo‘ladi deb narxini aytibdi. Onam yonlarida uncha pul yo‘qligini aytsalar, mayli davolanavering, keyingi kelganingizda pulini keltirarsiz degan. Tabletkalar o‘sha kasalxonadagi bemorlar uchun ajratilgan tekin dorilardan bo‘lsa kerak. Pulini berish kerakmi? Agar “pulini to‘lang javobini o‘zi beradi” desangiz shu zaxoti to‘layman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz avvalo tekinga berilishi yoki berilmasligini o‘rganing. Tekinga berilsa unga pulini berishni hojati yo‘q. Tahmin bilan ish tutmang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom