Shifo to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Jin va pariylarni ilmi bormi? Ulardan foydalanib shifo topsa buladimi? Javobingiz uchun oldidan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Alloh taoloning hadislardan 99ta sifatlari zikr qilingan. Aslida Alloh taoloning bundanda sifatlari ko‘p. Banda qaysi holatga tushmasin uning dardining shifosi, ko‘makchisi, haloskori yolg‘iz Alloh taoloning O‘zi ekanligini bildirish uchun bandalariga o‘sha sifatlarini zikr qilib o‘tgan. Bir o‘rinda “Agar bandam sen gunohkor bo‘lsang, Men G‘ofir(kechiruvchi)man, agar ko‘p-ko‘p gunoh qilsang Men G‘ofuur(qayta-qayta kechiruchi)man va agar sen gunoh botqog‘iga botgan bo‘lsang(soch tolangdan oyoq tirnog‘ingacha gunohkor bo‘lsang) Men G‘affoor(sening holatingdagidan battarlarini ham kechiruvchi)man” degan. Bandaning ishi bitta, shunday Parvardigori bor ekanligini tanib, tavba qilish xolos. Tavbasini Alloh taolo qabul qilganlar aslo azob chekmaydilar. Alloh taolo “Baqara” surasida «Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir» deb marhamat qilgan. سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ عَبْدًا أَصَابَ ذَنْبًا - وَرُبَّمَا قَالَ: أَذْنَبَ ذَنْبًا - فَقَالَ: رَبِّ أَذْنَبْتُ - وَرُبَّمَا قَالَ: أَصَبْتُ - فَاغْفِرْ لِي. فَقَالَ رَبُّهُ: أَعَلِمَ عَبْدِي أَنَّ لَهُ رَبًّا يَغْفِرُ الذَّنْبَ وَيَأْخُذُ بِهِ؟ غَفَرْتُ لِعَبْدِي. ثُمَّ مَكَثَ مَا شَاءَ اللهُ، ثُمَّ أَصَابَ ذَنْبًا أَوْ أَذْنَبَ ذَنْبًا، فَقَالَ رَبِّ أَذْنَبْتُ - أَوْ أَصَبْتُ - آخَرَ فَاغْفِرْهُ. فَقَالَ: أَعَلِمَ عَبْدِي أَنَّ لَهُ رَبًّا يَغْفِرُ الذَّنْبَ وَيَأْخُذُ بِهِ؟ غَفَرْتُ لِعَبْدِي. ثُمَّ مَكَثَ مَا شَاءَ اللهُ، ثُمَّ أَذْنَبَ ذَنْبًا - وَرُبَّمَا قَالَ: أَصَابَ ذَنْبًا - قَالَ: قَالَ: رَبِّ أَصَبْتُ - أَوْ أَذْنَبْتُ - آخَرَ فَاغْفِرْهُ لِي. فَقَالَ: أَعَلِمَ عَبْدِي أَنَّ لَهُ رَبًّا يَغْفِرُ الذَّنْبَ وَيَأْخُذُ بِهِ؟ غَفَرْتُ لِعَبْدِي - ثَلَاثًا - فَلْيَعْمَلْ مَا شَاءَ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Bir banda gunohga qo‘l urdi – «gunoh qildi», degan bo‘lishlari ham mumkin – «Robbim, gunoh qildim, – «qo‘l urib qo‘ydim», degan bo‘lishlari ham mumkin – meni mag‘firat qil», dedi. Shunda Robbi: «Bandam gunohni mag‘firat qiladigan va u tufayli (azobga) tutadigan Robbi borligini bildimi? Bandamni mag‘firat qildim», dedi. So‘ng u Alloh xohlaganicha yurib, keyin yana gunohga qo‘l urib qo‘ydi [yoki «gunoh qilib qo‘ydi»]. «Robbim! Yana gunoh qilib qo‘ydim, [yoki «qo‘l urib qo‘ydim»] uni mag‘firat qil», dedi. Shunda U Zot: «Bandam gunohni mag‘firat qiladigan va u tufayli (azobga) tutadigan Robbi borligini bildimi? Bandamni mag‘firat qildim», dedi. So‘ng u Alloh xohlaganicha yurib, keyin yana gunoh qilib qo‘ydi. – «Gunohga qo‘l urib qo‘ydi», degan bo‘lishlari ham mumkin – «Robbim! Boshqa bir gunohga qo‘l urib qo‘ydim! [yoki «gunoh qilib qo‘ydim!»] Uni mag‘firat qil», dedi. Shunda U Zot: «Bandam gunohni mag‘firat qiladigan va u tufayli (azobga) tutadigan Robbi borligini bildimi? Bandamni mag‘firat qildim – buni uch marta aytdi – Endi istaganini qilaversin», dedi». Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisi sharifda Alloh taoloning marhamati cheksizligi, bandalarini mag‘firat qilishni qanchalik yaxshi ko‘rishini bayon qilganlar. Bu hadisni «Har kim qayta qayta gunoh qilaversa bo‘lar ekan» deb emas, balki gunoh qilib qo‘ygan banda darhol Allohga qaytishi, gunohda davom etmay, tezda tavbaga shoshilishi lozim ekan, deb tushunish kerak. Shuningdek, bu erda Allohning rahmatidan umidvorlik mag‘firatga sabab bo‘lishi, Alloh taoloning dargohi U Zotga tavba qilgan, O‘ziga qaytgan, yolvorgan bandasi uchun doimo ochiq ekani aytilmoqda. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom