Biologlarning ba’zi fikrlari haqida

Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha. Biologiya fanida inson (hayvonlar) ning «rudument» a’zolari ya’ni filogenez jarayonida organizmda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va yo‘qolib ketish arafasida turgan, qadim ajdodlarda qandaydir funktsiya bajargan, lekin xozir biologik ahamiyatini yo‘qotib qoldiq shaklda saqlanib qolgan deb o‘rgatilar ekan. Biz bilamizki yaratgan xech narsani bejizga paydo qilmagan. Shu sabab fanda yuqoridagi kabi fikrlarni «bo‘lishi mumkin» deb emas balki «aniq shunday» deb  ta’lim beruvchilar va va ularga ishonuvchilar gunoxkor bo‘lib qolmaydilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘ladilar. Allohning bir sifati al-Musovvirdir. U zot yaratgan narsasida biror bir kamchilik yoki behudalik bo‘lishi muholdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar