Kambag‘allarga yordam berish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ahli ilmlar, men bir kambag‘al insonni bilaman. U ikkita bolasi tirik etim bir ayol. Ularga qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilishga urinaman, lekin bu ota-onamga yoqmaydi. Otamni aytishiga ko‘ra hayot tajribasida bundaylarni Alloh bekorga bunday ahvolga solmas ekan. Xudodan ustun kelishga urinmasligimni aytdilar. Onam esa Xudodan so‘rasin, Xudo yordam qilmasa sani yaxshiliging bir tiyin deydilar. Men nima qilishim kerak? Men ham juda boy odam emasman, qo‘limdan juda ko‘p narsa kelmaydi. Ularga qanday yordam qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onangiz noto‘g‘ri aytgan. Kambag‘allikning asosiy sababi hamma vaqt ham Xudo yomon ko‘rgani uchun bo‘lavermaydi. Yaxshi insonlarga dalolat qiling, qaramog‘iga olishsin. Har bir musulmon bu borada so‘raladi. عن ابن عباس قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ليس المؤمن الذي يشبع وجاره جائع إلى جنبه. رواه الحاكم في المستدرك Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yonidagi qo‘shnisi och turib qornini to‘yg‘azgan mo‘min mo‘min emas” dedilar. Hokim rivoyati.    Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi qo‘shnisi och holdaligini bilaturib tunni to‘q holatida o‘tkazsa menga iymon keltirmabdi” deganlar. Tabaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:56 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar