Qazo namozlar haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sunnati ravotiblarga niyyat qilinayotganda masalan peshinni farzidan avvalgi 4 rakat sunnat namozini o‘qishni niyat qilganda oxirgi qoldirgan peshin namozi yoki asr namozi qazosini ham deb niyyat qilsa bo‘ladi degan malumotni eshitib qoldim shu to‘g‘rimi? Sunnati ravotiblar ham nafl xisoblanadi va nafl namozlariga qo‘shib rakatlari bir xil to‘g‘ri keladigan qazo namozini ham niyat qilib o‘qib olsa bo‘ladi deb yozilgan shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mutloq nafl bilan ravotib sunnatlar o‘rtasida katta farq bor. Asl hukm joiz emas deyilgan. Yurtimiz kishilari keksayib qolib yaqinda namozga kirganlarini e’tiborga olib ba’zi bir ustozlar istisno tarzda farzning qazolarini muqaddam qo‘yib shunday deyishgan. Chunki ular himmat o‘ta darajada pastligidan shunday maslahat berishga majbur bo‘lishgan. Agar sunnatni shariatimizda qadri baland bo‘lmaganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bamdodga uxlab qolgan hadislarida sunnatining qazosini o‘qib o‘tirmagan bo‘lardilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 170 | Namoz