Cafar namozi

Assalomu alaykum! Men taxminan 10 kunlarda ishni tugatamiz deb boshqa shaharga bordim va o‘sha joyda namozni qasr qilib o‘qidim, lekin 10 kunda tugamay qoldi. Rejada yana 10-15kun bo‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Shuni bilganimdan keyin namozni to‘liq ado etishni boshladim. Ushbu holatda tutgan yo‘lim to‘g‘rimi? Ishni qanchada tugashini biz hal qilmaymiz, shunga 15 kungacha qasr qilib o‘qish kerak deb qasr qilib o‘qigan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 10 kundan keyin yana 15 kun turishingiz aniq bo‘lsa keyin namozni to‘liq o‘qiysiz. Undan kam bo‘lsa yoki aniq bo‘lmasa qasr qilib o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar