Mahsida yurish kerak bo‘lgan masofa

Assalomu alaykum! Alloh sizni yarlaqasin. Mahsini shartlarini o‘qidim, faqat bir savol tug‘ildi. 5544 m masofani yirtilmasdan yura olishini qanday qilib biz tekshira olamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kalish kiymasdan yolg‘iz o‘sha mahsida besh yarim kilometr yurilsa yirtilmasa unga mash tortish joiz bo‘ladi. Shu o‘rinda bilish kerak bo‘lgan ma’lumot borki, barchamizga ma’lum teridan tikilgan mahsilarni ham eskirib, shuncha kilometr yursa yirtiladigan holatga kelsa unga mahsi tortish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:59 | Savol-javoblar | 129 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar