Qanday duo qilay?

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar menga kimdur tili va ishi bilan juda xam qattiq zulm qilayotgan bo‘lsa, unga “senga Alloh kifoya qilsin” desam Allohning oldida duoibad qilganni  gunohiga botib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar sizga zulm qilgan kishi mo‘min bo‘lsa duoibad qilmang. Chunki bu dunyoning ishlari mo‘min birodaringizni oxiratda oladigan azobiga arzimaydi. Unday paytlarda siz Alloh sizga ulkan maqom hosil qilishga imkon yaratib berganini o‘ylang. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan savol javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/savol/124814

26 May 2022, 06:01 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar