Kitob o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, men chet el kitoboarini(romanlar, psixologik kitoboar) o‘qishni yaxshi ko‘raman va ba’zida ko‘proq vaqtimni kitob o‘qishga sarflab qo‘yaman. Oldingi savollarda o‘qiganimda futbolga muxlislik qilish, televizor ko‘p ko‘rishdan tiyilishlik Islomning xusnidir deb o‘qigandim. So‘ramoqchi bo‘lganim men ham kitoblarni o‘qib televizor ko‘rgandek ko‘p vaqtimni bexuda sarflab gunoxga botmayotganmikinman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda kitoblar juda ko‘p. Inson kitob o‘qishda ham to‘g‘ri me’yorni tanlashi kerak. Eng birinchi o‘rinda farzi ayn bo‘lgan ilmni o‘rganishga kirishish kerak. Keyingi o‘rinlarda din yoki dunyoviy ishlarda ko‘mak beradiganini tanlash kerak. Ustozlarimiz “Insonning har bir kuni qiyomatda beriladigan nomai a’molning bir sahifasidir. Uni bema’ni kinolar, suratlar, roman, qiyomat kunida barchaning oldida sahifalari ko‘rilganda sharmanda qiladigan narsalar bilan to‘ldirmanglar” der edilar. Talabalik davrimizda yashash joyimizga ertalabdan kechgacha kinoxonada kino qo‘yadigan bir yigit ham kelib turar edi. U bir kunda 5-6taga yaqin kino qo‘yar edi. Talabalar unga “Bizning nomai a’molimiz 30 pora Qur’on, hadis, namozlar, jamiyatga foydali ishlar to‘plangan bir kitobimiz bo‘lsa, qiyomat kuni sizni kinolar to‘plami bo‘lgan nomai a’molingiz bo‘ladimi” deb hazil qilishar edi. Bu degani dunyoviy kitob o‘qimaslik kerak degani emas. Ulardan biror bir maqsad ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar