Ish beruvchining munosabati

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, ish beruvchi o‘z qo‘li ostidagilariga qanday muomilada bo‘lmog‘i lozim?  Bu haqdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o‘gitlar qilganlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ الْمَعْرُورِ بْنِ سُوَيْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَرَرْنَا بِأَبِي ذَرٍّ بِالرَّبَذَةِ وَعَلَيْهِ بُرْدٌ وَعَلَى غُلَامِهِ مِثْلُهُ، فَقُلْنَا: يَا أَبَا ذَرٍّ، لَوْ جَمَعْتَ بَيْنَهُمَا كَانَتْ حُلَّةً، فَقَالَ: إِنَّهُ كَانَ بَيْنِي وَبَيْنَ رَجُلٍ مِنْ إِخْوَانِي كَلَامٌ، وَكَانَتْ أُمُّهُ أَعْجَمِيَّةً فَعَيَّرْتُهُ بِهَا، فَشَكَانِي إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَقِيتُهُ، فَقَالَ: يَا أَبَا ذَرٍّ، إِنَّكَ امْرُؤٌ فِيكَ جَاهِلِيَّةٌ. قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَنْ سَبَّ الرِّجَالَ سَبُّوا أَبَاهُ وَأُمَّهُ، قَالَ: يَا أَبَا ذَرٍّ، إِنَّكَ امْرُؤٌ فِيكَ جَاهِلِيَّةٌ، هُمْ إِخْوَانُكُمْ جَعَلَهُمُ اللهُ تَحْتَ أَيْدِيكُمْ، فَأَطْعِمُوهُمْ مِمَّا تَأْكُلُونَ، وَأَلْبِسُوهُمْ مِمَّا تَلْبَسُونَ، وَلَا تُكَلِّفُوهُمْ مَا يَغْلِبُهُمْ، فَإِنْ كَلَّفْتُمُوهُمْ فَأَعِينُوهُمْ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ. وَلَفْظُ أَبِي دَاوُدَ: إِنَّهُمْ إِخْوَانُكُمْ فَضَّلَكُمُ اللهُ عَلَيْهِمْ، فَمَنْ لَمْ يُلَائِمْكُمْ فَبِيعُوهُ وَلَا تُعَذِّبُوا خَلْقَ اللهِ تَعَالَى Al-Ma’rur ibn Suvayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rabzada Abu Zarrning oldidan o‘tdik. Uning ustida bir chopon, g‘ulomining ustida xuddi shunga o‘xshash bir chapon bor edi. Biz unga, ey Abu Zarr, agar ikkisini jamlasang bir sidra kiyim bo‘lar ekan, dedik. Shunda u: «Men bilan birodarlarimdan birining orasida gap o‘tgan edi. Uning onasi ajamiya edi. Men uni o‘sha narsa bilan aybladim. U borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mendan shikoyat qildi. Men U zotga uchragan edim: «Ey Abu Zarr, sen ichingda johiliyat bor odam ekansan!»-dedilar. «Ey Allohning Rasuli, kim odamlarni so‘ksa, uning ota va onasini so‘karlar»-dedim. «Ey Abu Zarr, sen ichingda johiliyat bor odam ekansan. Ular sizning birodarlaringizdir. Alloh ularni qul ostingizga qo‘ygandir. Bas, o‘zingiz eydigan narsadan ularni taomlantiring, o‘zingiz kiyadigan narsadan ularni kiyintiring. Ularga og‘ir keladigan narsani yuklamang. Agar yuklansangiz, o‘zingiz yordam bering»-dedilar».   Uchovlari rivoyat qilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Shundan kelib chiqib, xodimlarga go‘zal muomala qilish islomiy axloqning eng yuksak namunasi ekan. Lekin vaziyatga qarab zulm qilmasdan va odob doirasidan chiqmasdan talab qilish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:12 | Savol-javoblar | 161 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar