Uy uchun yig‘ilgan puldan zakot

Assalomu alaykum! Xazrat raximaxulloxni zakot xaqidagi kitoblarini o‘qib qoldim va bir ishga oydinlik kiritib bersangiz iltimos bu juda zarl. Uy olishga yig‘ilgan pul xam xojati asliyaga kirar ekan. Man o‘n yildan beri uy olish uchun pul yig‘aman, lekin pulim nisobga etgandan beri Allohga bexisob shukr zakot berib kelaman(Alloh qabul etgan bo‘lsin). 10-ming pulim bor edi 4-oy oldin 20-ming pulim borligini (yani sherikchilikda ishlaymiz sherigim shuncha pulim borligini aytdi). Shu pulga mos uy qidirdik kamida uch xonalik uy olishim kerak. Pulim etmadi yana ozgina yig‘ishim kerak. Xozirda xovlida otamdan qolgan uyda yashaymiz. Xonalar xozircha etarli faqat onamla 2ta o‘g‘lim va qizim bir xonada yotishadi. Ukam 3ta bolasi bilan 3xonada men 2-xonada. Savol: Menga zakot berish vojibmi? Men zakotdan qochmayman zakot kimlarning xaqqi ekanini bilaman, uyni xam tezroq olishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy olishga yig‘ilgan pul hojati asliyaga kirmaydi. U boylik hisoblanib zakot berish shart. Sizga zakot berish vojib. Alloh taolo sizni shunday ulug‘ bir farzni bajarishga muvaffaq qilganiga shukur qilib zakotni ado qiling. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 190 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar