Do‘stimning topayotgan pullarida, oilasida baraka yo‘q
Assalomu alaykum! Mana necha yillardirki, yaqin do‘stim o‘zini uyoqqa buyoqqa urib halol mehnat qilib pul topishga harakat qilsa ham, biri ikki bo‘lmaydi. Namozlarini o‘qiydi, qo‘ldan kelgancha boshqalarga yaxshilik qiladi. Farzandlarini bir amallab oilali qildi, qizlarini uzatdi. Farzandlariga yaxshi tarbiya bergan, ular yaxshi yashashadi. Lekin ayoli bilan kunora, balki har kuni janjal qiladi. Baqir chaqirlari shundoqqina eshitilib turganligi uchun bilib olish mumkin. Menimcha ayoliga nisbatan mehri yo‘q bo‘lsa kerak. Qo‘ni qo‘shnilar, mahalla ko‘y, hatto bizning oldimizda ham ayolini arzimagan narsaga so‘kib xatto urishga ham boradi. Ayoli shu vaqtgacha biror marta uyiga arazlab ketib qolganini eshitmaganmiz. Qaynota qaynonalarini hurmatini joyiga qo‘yib, doimo xizmatlarida. Qarindosh urug‘lari, qo‘ni qo‘shnilari u ayolni hurmat qilishadi, sabrli ayol deyishadi. Do‘stim nima ish qilaman desa orqaga ketaveradi. Ancha bo‘lib qoldi kattaroq tashkilotga ishga kirgan. Bizdan ancha ko‘p maosh oladi, lekin hech nimaga etqiza olmayotganini ko‘p bor takrorlaydi. Maslahat beringlar unga qanday nasihat qilishimiz mumkin? Ayolingni so‘kaverma, ayolinga ham quloq sol deb aytsak ham hech foydasi bo‘lmayapti. Aytinglarchi, arzimagan sabablar bilan xotinini urib so‘kadigan erning oxiratdagi bu dunyodagi holati qanday bo‘ladi? Do‘stimning barakasizligi ayoliga qilayotgan munosabatidan ham bo‘lishi mumkinmi? Balki u ham bu narsalarni o‘qib xulosa chiqarar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis kitoblarida rivoyat qilinishicha, Muoviya ibn Hayra al-Qushayriy roziyallohu anhu:
«Yo Rasulalloh, xotinlarimizning bizdagi haqlari nima?» deb so‘raganida, Nabiy alayhissalom:
«Agar taom esang, unga ham edirasan, kiyim kiysang, unga ham kiydirasan, yuziga urma, yomon so‘kma, tashqarida hijron qilma», – deganlar.
Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning cho‘rilarini urmanglar!» – deganlar. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ زَمْعَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَا يَجْلِدُ أَحَدُكُمْ امْرَأَتَهُ جَلْدَ الْعَبْدِ ثُمَّ يُجَامِعُهَا فِي آخِرِ الْيَوْمِ رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Zam’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz o‘z ayolini qulni kaltaklagandek kaltaklamasin. Keyin (o‘sha) kunning oxirida yaqinlik qil(gisi kelib qol)ishi ham bor», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisi sharif yuqorida o‘rgangan oyatimizdagi «urish»dan murod, qattiq urish emasligiga ulkan dalildir. Agar oyatda qattiq urish qasd qilinganida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday demas edilar. Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam er o‘z xotinini kaltaklamasligi kerakligini uqtirmoqdalar. Xotinga o‘ziga yarasha muomala qilish lozim. Uni urib-kaltaklashdan oldin, keyingi bo‘ladigan aloqa va muomalalarni ham bir o‘ylab qo‘yish kerak. Xotin qul emaski, uni xohlagan vaqtda kaltaklab, xohlagan vaqtda ishlataverilsa. Hatto qulni ham kaltaklash yaxshi emas. Xotinni kaltaklashdan oldin uni qo‘ynida olib yotishini ham, ko‘zi-ko‘ziga tushishini ham bir o‘ylab qo‘yish lozim bo‘ladi. Ulamolarimiz «Xotinni qattiq kaltaklash haromdir» degan hukmni mana shu hadisdan olganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush