Qur’on o‘rganish kurslari

Assalomu alaykum! Hurmatli va aziz sayt xodimlari. Men ayni vaqtda Moskva shaxridaman, internet maqolalarida Qur’on o‘rgatish kurslari degan maqolaga ko‘zim tushdi va juda sevindim. U saytda yozilishicha 20-24 noyabrgacha xujjatlar qabul qilinar va gurux 4tadan oshmasligi 15 o‘quvchidan ya’ni 60 kishi deyilgan. Bu kurslarga talab juda katta, lekin o‘rinlar kam deb o‘ylayman. Meni o‘ylantirgan savol keyinchalik borganlar (1-1.5 oy keyin)bu guruxlarga qo‘shilib o‘qishi yoki yana boshqa gurux tashkil qilinishi mumkunmi yoki guruxlar yana kelasi yil qayta tuziladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taklif va e’tirozingizni shu maqolani qo‘yganlarning o‘zlariga bersangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining [url=muslim.uz saytiga murojaat qiling.

26 May 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar