Tijoratimiz

Assalomu alaykum! Bizning kompaniya boshqa biznes kompaniyalarga, iste’molchilarga va davlat idoralariga maslaxatchilik qilamiz, xalqaro savdo shartnomalari tuzishda yordam beramiz va ikki xil ko‘rinishda haq olamiz. Ayrim holatlarda iste’molchi tomonidan haq to‘lanadi yoki sotuvchi tomonidan xizmat haqi olanadi. Bundan tashqari biz boshqa xizmatlar masalan injenerlik chet davlatlardan qurilish va boshqa turdagi asboblar keltirib beramiz, shunda iste’molchi tomonidan ma’lum haq kelishilmasa buyurtma berilgan maxsulotga o‘z ish haqimizni ham qo‘shib shartnoma taqdim qilamiz va ular belgilangan narxga rozi bo‘lishsa jixozlarni keltirib beramiz. Bizning ishimizda e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan jihatlarni, shu o‘rindagi harom va halol jihatlarni tushuntirib berishingizni so‘raymiz. Telegramdagi kanlingizda ham ko‘rsatishingizni iltimos qilamiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh sizlarga halolni ziyoda qilsin. Ustama haq qo‘yish masalasida bir necha holatlar mavjud bo‘lib, shulardan joiz bo‘lgan biron turini tanlab olinglar: Jihoz qiymatidan tashqari alohida xizmat haqingizni belgilab, olishingiz mumkin. Bunda haqingizni shartnomada alohida qilib ko‘rsatasiz va belgilab qo‘yasiz. 2). Jihozni umumiy qiymatining hajmi nisbatidan kelib chiqib xizmat haqi olish. Bunda ham jihozni buyurtma qilgan kishi sizni qancha haq olayotganingizni biladi. Bu masalada biron mutaxassis ahli ilm bilan jonli majlisda yana ham ko‘proq ma’lumot olib olishingiz yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar