Taloq hamda ulush masalasi
Assalamu alekum shayx hazratlari.Bir oilani buzilish arafasida ekanligi qattiq tashvishga soldi va bu holatni sizga bayon qilib sizni javobingizni bilishni istadik.Tafsilotni boshidan boshlasam:Shr‘iy yol bilan oila qurishgan va hozirda 1 nafar farzandlari bor, yashash joylari kup qavatli binoda bo‘lgan,bir necha yillik turmushdan sung eri boshqa ayolni yaxshi kurib unga uylanadi va 2-ayoliga uchastka qurib er ham uchastkaga kuchib utadi va 1-ayoli fa farzandidan xabar olmay qo‘yadi,2-ayoli ham 1-ayolga tez tez tel qilib sen bizni hayotimizga aralashma,bizni tinch qo‘y deb janjal qilar ekan,bu holatlarni eriga etib adasi bizni tashlab quymeng urtada farzandimiz ham bor,bizdan ham xabar olib turing desa hohlaseng shu hohlamaseng bolani tashlaginda uzing ketaver bolani uzim boqvolaman debdila.Muhataram shayx hazratlari bunaqa holatda taloq tushadimi?(Er taloq degan niyatda etarkan holaseng bervoraman derkanla).Ayol eri bilan ajrashganida undan uy talab qilishi joizmi?(Zero ayolni boshqa boradigan joyi ham yo‘q).Javobiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunda ayolga uy qilib berish erning ixtiyorida bo‘ladi. Taloq qilingan ayol iddasi chiqqanidan keyin eridan bir narsa talab qila olmaydi. bolaning nafaqasini talab qilishi mumkin.
27 May 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush