Riboga sherik bo‘lib qolish xavfi

Assalomu alaykum! Telefon raqamimga mening ruxsatimsiz qarz olishgan ekan. Endi uni to‘lashga majbur bo‘lib turibman, chunki raqamimni ishlatishim zarur. Bu xolatda qarzni to‘lasam riboga aralashgan bo‘lib qolamanmi? Qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olganlar to‘lashsin. Mabodo ular to‘lamasa, o‘zingiz to‘lashingizda monelik yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar