Onam va akam hijob o‘rashimga qarshi

Assalomu alaykum! Men hijob o‘rashni juda hohlayman ammo onam va akam ruxsat bermaydi onam hijob o‘ramasang ham qalbini toza bo‘lsa bo‘ldi diydila lekin Niso surasining 31-oyatida ro‘mol o‘ralsin diyilgan-ku. Ba’zan ularga nomoz o‘qishim, diniy gaplarim va hadislardan gapirsam yoqmaydi. Men ularni ham mendek nomoz o‘qishlarini juda hohlayman, iltimos menga maslahat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onanggizga chiroyli muomalada bo‘lgan holda shariat ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qiling. Duolaringiz bilan Alloh taolo albatta ota-onangizni qalbini islomga ulfat qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 174 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar