Uyquda bavl qilgan insonga ģusl vojib bòladimi

Assalomu alaykum! Uyqudagi inson tushida behosdan bavl (siyib) qilib qo‘ysa uyg‘onsa qarasa kiyimlari bavl. Shu insonga g‘usl vojib bo‘ladimi yoki bavl tekkan joylarini yuvib taxorat olib ibodatlarini qilaversa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bavl chiqishi g‘uslni vojib qilmaydi. Bavl tekkan badan va kiyimini poklab, tahorat olib, ibodat qilaverishi mumkin. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 21:27 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar