Dindan chiqdimmi deb shubhalanish
Assalomu alaykum! Men 4582-savolga javobni o‘qigach qattiq qo‘rquv va qayg‘uga tushib qoldim. 6 yil avval farzandimga xomiladorligimda xech narsa eyolmayotganim uchun qaynonam olib olib bergan, turli xil go‘shtlardan tayyorlangan konservadagi egulikni nonga surtib yarmini egach, egulik qadog‘idan bildimki cho‘chqa go‘shti xam qo‘shilgan ekan, qaynonam xech nima qilmaydi deb aytdi. Qolganini xam eb qo‘ydim deb o‘ylayman lekin aniq eslolmiman(nafsim o‘lsin), lekin men cho‘chqa go‘shti xaromligini bilardim. Bismilloh aytib yoki aytmay eganimni xam eslolmiman. Agar Bismillohni aytgan va xaromni bilib turib qolganini xam egan bo‘lsam men dindan chiqdimmi? Agar chiqqan bo‘lsam endi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aslo shubhaga bormang. Avvalo inson o‘zini kofir bo‘ldimmikan deb baho bermaslik kerak. Chunki shariatimizda kufr lozim bo‘lishi va kufrni o‘ziga lozim tutish degan narsa bor. Masalan bir odam bilmasdan kufr so‘zini aytdi. Kitoblarda “bu so‘zdan kufr lozim bo‘ladi” deyilgan, lekin birortasining og‘zidan bu kabi so‘z chiqsa o‘sha zahoti unga kofir bo‘lding deb hukm chiqarilmaydi. Avvalo u so‘zni aytgan insonga bu kabi so‘zlar kufr hisoblanadi – deyiladi. Agar u inson men buni bilmas ekanman tavba qildim desa uni kofirga hukm qilinmaydi. Agar o‘sha gapida turib olib, nima bo‘libdi, bo‘lsa bo‘lar, men shu gapimdan qaytmayman desa keyin uni kufrga hukm qilinadi. O‘sha mahkam turib olishni kufrni o‘ziga lozim tutib olish deyiladi. Sizda esa unday emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 167 | Islam