Shu holatda tayammum qilish
Assalomu alaykum! Men yaqinda nomoz o‘qishni o‘rgandim. O‘zim ko‘p qavatli uyning bir xonasini ijaraga olib tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Savolim shuki, peshin, asr, shom nomozlarini o‘qishim uchun taxorat qilishga imkon yo‘q. Ya’ni, domda xojatxona 6 xo‘jalik uchun bitta. Ayollarga xam erkaklarga xam. Ijaraga olgan xonamda esa sharoit yo‘q. Shunday hollarda Bomdod va Xufton nomozlarida taxorat qilib qolgan nomozlarimda tayammum qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni boshlaganingiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo hidoyatda bardavom qilsin. Sizni holatingizda tayammum mutloq joiz emas. Siz biror tog‘ora kabi idish olib kirib bo‘lsa ham baklashka kabi idishda suv olib tahorat qiling. Bu hech qanday mushkul ish emas. Mahsi yoki mahsi paypoq kiysangiz yana ham osonlashadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar