namoz ukiladigan joy va namoz ukiydigan shaxsni gigienasi

Muxtaram Shayx janoblari va musofirchilikda yurgan musulmonlarlar va vatandoshlar! Men xozir Koreya respublikasida ishlayapman. Bu erda ish vakti 12 soat. Bu soatni 1 xafta kunduzi 1 xafta tunda ishlaymiz. Ish xakimiz xar xolda yaxshi. [u]Ammo muammo:[/u] 5 vakt nomozni ukib olish masalasi juda meni tarang axvolga solgan. Ukish niyatim katta ammo buni iloji yuk. Chunki konveerda 1 kishi ishlamay kolsa butun tsexni ishi tuxtab kolishi yoki normal ish faoliyatiga tasir kursatishi mumkin. Bundan tashkari ishimiz chang. Taxorat olish uchun yuz. kul va oyoklar yuviladi. Birok men ishlayotgan ishda tulik yuvinish lozimmikan deb xisoblayman?! Chunki chang butun badanga tegadi. Kiskasi ish tugagach ikki marta machalka bilan yuvinganingizdan sung toza bulasiz. Menda obed vaktida yarim soat nomoz ukib olishga vakt buladi. Shuning uchun tulik yuvinib nomoz ukigani bu vakt etarli bulmaydi.Shu bois nafl nomoz deb ikki rakatdan ukib yurdim. Achinarlisi ushbu gigienik xolat yani taxorat va kiyim masalasi sabab nomozni ukimaslikni makul kurib ukimay yurdim. Namozni fakat uyga kelib ukishga tugri keldi. Yukoridagi xolatlarga kura kuyidagi savollarga ilmiy asoslangan javob olishimga yordam beringlar. iltimos. 1. Fakat taxoratni olib badanni kolgan joyi toza bulmasa nomoz ukisa bulaveradimi? 2. namoz ukish uchun ishchi kiyim chang va iflos (xarom emas deb uylayman) bulsa shu kiyim bilan nomoz ukish mumkinmi? 3. Ish vakti sabab namozni kazo bulgani uchun ularni uyga kelib nafl namozi kilib ukiyverish masalasi kanday xal kilinadi?Notugri kullangan iboralarim uchun uzur surayman va javob uchun oldindan minaddorchilik bildiraman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1.- Badanning qolgan joyi najas bo‘lmasa bo‘ldi.2. Ishchi kiyimda u chang, loy, qassoblarniki qon bo‘lsa ham namoz o‘qilaveradi.3. Ish vaqti sababli namozni qazo qilinmaydi. Farzini imo bilan bo‘lsa ham o‘qib olish kerak. Qazo bo‘lganini nafl qilib emas, qazo deb o‘qiladi.

29 Aprel 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar