Amal qilolmaydigan banda
Assalomu alaykum! Amri maruf nahiy munkar qilsayu o‘zi amal qilolmaydigan banda haqida biror hadis bormi? Bu kimsaning hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biror bir oyat yoki hadisga amal qilolmaslik boshqa narsa, o‘zini o‘sha oyat va hadisga amal qiluvchidek ko‘rsatishi boshqa narsa. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar: عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar». Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar. Ushbu hadisga binoan o‘zgalarga etkazish har bir mo‘min musulmonning zimmasidagi majburiyatdir. Bunda o‘zingiz amal qilish yoki qilmasligingiz shart qilinmagan. Lekin Alloh taolo “Soff” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ 2. Ey iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?! Shorihlar ushba oyatning tafsirida “Nega o‘zingiz amal qilmaydigan narsaga o‘zingizni amal qiluvchi qilib ko‘rsatasiz” deb sharhlaganlar. Shuning uchun biror oyat yoki hadisni aytayotgan inson “birgalikda amal qilaylik” deyishi va amal qilishga birinchilardan bo‘lib kirishishi kerak. Biror uzr sababli amal qilolmasa bu boshqa masala. Shunda ham o‘sha narsani etkazganning savobini oladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar