Tishni oldirgandan namoz

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Bir do‘stimiz tishini oldiribdi tahorat olayotganda malum miqdorda qon chiqibdi. Og‘ziga paxta qo‘yib og‘zini chaymasdan tahorat olib namoz o‘qibdi. Buni hukmi qanday bo‘ladi oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday holatda namozni oxirgi vaqtini kutadi. O‘shanda ham davom etsa og‘ziga suv olmasdan tahorat qilib namozini o‘qiyveradi. Keyingi namoz vaqti chiqquncha ham to‘xtamasa o‘qigan namozlarini qaytarib o‘qimaydi. Keyingi namoz vaqtining o‘rtasida to‘xtab qolsa avvalgi namozining farzi qazosini o‘qib oladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:39 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar