Yordam bersam yaxshi muomala qilmaydi
Assalomu alaykum! Mani bir qo‘shnim bor yordamga muxtoj, buni bilib turaman, vijdonim qiynaladi yordam qilib turaman. O‘zlari 5 kishi er xotin va 3 farzandi bor. Farzandlaridan biri 10-sinifda o‘qiydi, qolgan ikkisi kotta yoshda. Birisi ayol. Yaxshilik qilasizu doimiy norizo qiyofada turadi, salom bersez alik olishni xam xoxlamaydi, goxida asabiylashaman bu qilig‘laridan, Allohni taniganim uchun xa mayli deb qo‘yaveraman. So‘romoqchi bo‘lgan narsam, o‘zlarida xarakat yo‘q intilish yo‘q nima qilishga xayronman. Yoki shunda xam yordam qilaverish kerakmi? O‘zimga qolsa ortiqcha mablag‘im xam yo‘q, birovga tarqatgani, oilada o‘zim ishlayman 2 farzandim bor. Shunga oydinlik kiritib olishim kerak edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo ba’zi bir ishlarga ulug‘ ajr-savoblarni va’da qilgan. Shulardan biri qiynalgan mo‘minlarga yordam berishdir. Alloh taolo bandaning bu ishni O‘zining roziligi uchun qilganmi yoki yo‘qligini o‘zini og‘zidan chiqartirib qo‘yadi va maqsadini o‘ziga bildirib qo‘yish uchun qattiq sinovlarga duchor qiladi. Natijada yoki bu ishni Alloh uchun qilganligi, yoki o‘zining manfaati uchun qilgani ma’lum bo‘ladi. Avvalo har bir yaxshi ishni qilishdan avval niyatni go‘zal qilish kerak. Ishni qilib bo‘lganidan keyin sinovga duchor bo‘lganida “Men bu ishni Alloh uchun qilganman, savobini ham Allohdan umid qilaman” deyishi kerak. Yaxshilik qiluvchi yaxshilik qilingan insondan zarracha ham narsani umid qilmasligi kerak bo‘ladi. Mabodo yaxshilik qilingan tomonidan sinov va imtihonlarga uchrasa, “Senga shuncha yaxshilik qilgandim, sendan ko‘rganim shu bo‘ldimi” kabi gaplar bilan amalini habata qilib qo‘ymasin. Bunday holatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari va Alloh tavfiq bergan zotlar Alloh taoloning “Inson” surasidagi oyatlariga amal qilganlar. وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَى حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا 8. O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirlarga berarlar. إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَاء وَلَا شُكُورًا 9. «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Va sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz.
Demak, chin mo‘min ikkinchi bir birodariga yaxshilik yoki yordam qilganida fiysabilillah, ya’ni Alloh yo‘lida qilmog‘i lozim ekan. Qilgan yaxshiligi evaziga tama talab qilish Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan va ul bandani munofiqqa aylantiradigan amallardandir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar