Dindan qaytganlar bilan muloqot

Assalomu alaykum!  Hozirda biz oilamiz bilan AQSh da istiqomat qilmoqdamiz. Biz yashayotgan shaharda xristian diniga o‘tgan o‘beklar ham istiqomat qilishadi. Turmush o‘rtog‘im ular bn ko‘p aloqada bo‘ladilar va din haqida suhbatlashmaymiz deydilar. Lekin by yerda ko‘plar xristian diniga o‘tib keyin boshqalarni ham da’vat qilib yurishadi shundan qo‘rqaman. Savolim  shuki bunday insonlar bn aloqa qilish joizmi? Ular haqida biron nojo‘ya gap aytishga qo‘rqaman dalil isbotsiz tuhmat bo‘lib qolmasin  deyman. Beminnat yordamingiz uchun rahmat. Kanalingizni muntazam kuzatib boraman. Ishlatingizda rivojlar tilayman. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kishining diniga ziyon etishi ehtimoli bo‘lsa, ular bilan muloqot qilmaslik kerak. Ammo ularni dinga qaytarishga umidvorlik bo‘lsa, harakat qilish lozim. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/28529

26 May 2022, 06:26 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar