sotilgan tilla

Assalom aleykum SHayh hazratlari! yaqinda majburan hojayinimbilan kelishib manga sovg‘a qilingan tillalarni sotishni qaror qildik, qarzimiz ko‘p bo‘lgani tufayli biroz pulga muhtojmiz ayniqsa musofirchilikda biroz qiyin bo‘lyapti. tillani sotdik 750$ bo‘ldi tahminan. endi savol tug‘ildiki, bu sotilgan tilla uchun zakot to‘lashimiz shartmi? o‘zimiz qarzimiz ko‘p bo‘lsa ham? agar shart bo‘lsa unda necha foizini to‘lashimiz kerey?oldindan raxmat! ramazon oyi muborak bo‘lasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qarzni uzish kerak. qarzdan ortib qolgani nisobga etsa, zakot beriladi. Bo‘lmasa, yo‘q.

7 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 153 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar