Audio kitoblar egalik huquqi

Assalamu alaykum. Men telegram kanalingizda, saytingizda sizlarni javoblaringizni kuzatib boraman. Rahmat, barchalaringizning ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Shu savol javoblarda egalik huquqi to‘g‘risida( avtorskie prava) savol javoblarni o‘qidim. Meni bir telegram kanalga qo‘shishdi. Bu kanalda savobli ishlar qilib turilar ekan. Bir kuni "ertadan boshlab "Saodat asri qisaalari" kitobining audio formati tashlab boriladi deb aytishdi. Keyin men ham eshitishni boshladim ruxsat olgan bo‘lsa kerak deb. Ruxsat olganday taassurot uyg‘ongandi. Shu kanalga qo‘shilgan og‘aynim bilan suhbatlashganimda u 1 marta eshitib keyin eshitmay qo‘yganini ayti va u ruxsat so‘rab audio fomatni olganmi yoki olmaganini bilmagani uchun eshitmay qo‘yganini aytdi. Shu suhbatdan so‘ng men kanal egasiga yozdim. U inson ruxsat olmaganini, internetdan yuklab olganini aytdi . U insonga egasidan ruxsat so‘rab ishlatishingiz kerak dedim. Bu audio yozuvlarni moddiy jihatdan manfaat ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Sizning kanalingizdan shunga o‘xshash savol javoblarni tashladim. U rad etaverdi qolgan kanallardan ham audio tarqab yotibdiku nega hamma menga gapiraveradi degan javobni aytib kanaldan chiqib ketishimni aytdi. Men bu kanaldan chiqib ketim. Bir og‘aynim bu audioni bir imom ovoz berganini va audiosini tarqatishga ruxsat berilganini aytdi. Audioni telegramdan qancha ko‘p odam yuklab olsa ketgan mb lariga telegram muallifga pul to‘lab berish funksiyasi borligini aytdi. Telegramni bunaqa funksayasi bor yo‘qligini bilmayman.1) Shunday audiolarni eshitishimiz mumkinmi. 2) Shu ktiobning audiosini tekinga tarqalishiga ijozat berilganmi.3) Shayximizning internetda tarqalgan kitoblarinig audiolarini eshitishimiz mumkinmi.4) Menga bu gaplarim fatvo berib yuborganday tuyuldi bu fatvoga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Muallifning ruxsatini olish kerak. Ruxsatsiz bo‘lsa, eshtish durust emas.2) Bizning xabarimiz yo‘q.3) Audio kitoblarni bizga tegishli bo‘lgan kanal, sahifalardagisi va ulardan olinganligiga ishorasi borini eshtishingiz mumkin.4) Bu fatvoga kirmaydi. Siz o‘zingiz eshitgan, bilgan fatvolaringizni etkazgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 156 | Adabiyot
|
Boshqa savol-javoblar