Nima qilish zarur?
Assalomu alaykum! Meni bir tanishim bor. U do‘konda erkaklar kastyum shimini sotadi. Uning xo‘jayini ikki kishi yani aka-ukalar. Aka-ukala sherikchlikda biznes boshlashgan. Aka-ukalar savdodan tushgan foydani teng bo‘lishishadi. Meni tanishim ularning qo‘lida sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Tanishim yaqinda uylangani bois unga pul kerak. Shu sababli u bir xo‘jayinidan yani akadan tovarni kassa narxidan qimmatroq sotib o‘zim uchun qo‘shimcha pul ishlasam bo‘ladimi deb so‘ragan (leviy). Aka bu savolga ha bemalol ishlayver deb javob qaytargan. Ammo uka esa bunga qarshi. Savol: Tanishim ushbu xolatda akaning roziligi bilan tovarning ustiga qo‘yib o‘zi uchun qo‘shimcha pul ishlayversa bo‘ladimi? Uka bundan bexabar bo‘lsa? Ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uka xo‘jayin o‘sha molning yarmiga ega hisoblanadi. U molini qimmatroq sotilishida xaridorlar kamayishining ehtimolini qilgan bo‘lishi mumkin. Uning roziligi shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat