Uch taloqni eslay olmasa
Assalomu alaykum! Tog‘amni qizi eri bilan urushib qolib, eri bir martta “taloqsan” deb aytibdi. Bu ikkinchi martta “taloqsan” deb aytishi ekan. Bundan avval ham bir martta “taloqsan” deb aytgan ekan, lekin qarindoshimni nazdida bu uchinchisi bo‘lib ko‘rinyabdi ekan. Eri esa “bu uchinchisi emas, ikkinchisi, bo‘ldi qaytib bu so‘zni aytmayman” debdi. Lekin qarindoshim “menga uchinchi martta aytkanga o‘xshab tuyulyabdi” deb qaysarlik qilyabdi, lekin o‘zini ishonchi bu narsaga komil emas, o‘zi ham bilmaydi uchinchi marttami yoki ikkinchi martta. Bunday holatda dinimizda qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bizning gapimiz haromni halol, halolni harom qilib qo‘yolmaydi. Biz bir narsani aytishimiz mumkin, shak bilan taloq tushmaydi degan qoida bor. Rost gapiryaptimi yoki yolg‘onmi qolgani o‘ziga havola. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush