Kafillik
Assalomu alaykum! Bir tanishim tekstil soxasida biznes boshlab, manga sherik bo‘lasizmi deb taklif bildirdi. Lekin mening pulim yo‘kligi sababli, bir do‘stimga bu taklifni aytdim. Do‘stim ikkilanib, agar ish o‘xshamasa pulimni qaytara olamanmi deb so‘radi. Men o‘zim olib beraman deb kafillik qildim. Xech qancha o‘tmay boshlagan ishimiz o‘xshamay qoldi va do‘stim bergan 1.500 AQSh dollarini qaytarib berishni mendan so‘radi. Men shu pulni olish uchun o‘sha tanishimni orqasidan ancha «yugurdim». Ish o‘xshamadi, sabr qiling qaytaraman deb javob olar edik. Bir kuni do‘stim oila a’zolari bilan maslahatlashib o‘sha pul o‘rniga shu miqdoriga teng tikuv mashinasini bersa ham roziligini aytdi. Qarzdor tanishim 1.300 dollari qiymatiga ega tikuv mashinani va 200 dollarni berdi. Oradan ancha vaqt o‘tgach do‘stim mening guvohligimsiz, menga aytmay tikuv mashinani 410 dollar zarariga sotganini aytdi. Endi o‘sha 410 dollarini mendan so‘rayapti. Men unga rozi edingku desam ham san kafil edin deb aytyapti. Bu holatda nima qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni aytgan gapingizdan kafillik soqit bo‘lgan, lekin bu hukm emas. Hukm chiqarish uchun ikkinchi tomonni ham eshitish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni aytgan gapingizdan kafillik soqit bo‘lgan, lekin bu hukm emas. Hukm chiqarish uchun ikkinchi tomonni ham eshitish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat