Qarz muomalasi

Assalomu alaykum! Chet eldagi insondan pul o‘tkazmalari orqali qarz olinishi qanday bo‘ladi? Masalan: chetdagi insondan 100$ pul “Western Union” orqali qarz sifatida jo‘natildi. Bu pulni jo‘natish uchun kompaniya 10$ atrofida komisiya puli oladi. Qarz bergan odamga bu pul 110 $ga tushadi. Shunda qarzdor 100$ bersa qarzi ado qilgan bo‘ladimi yoki 110$ qilib berishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 110 qilib beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:43 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar