Dafndagi tasbeh toshlari

Assalomu alaykum! Mayyit dafn qilinyotganda mayda mayda toshchalar qabrga tuproq bilan birga tashlanadi. Bu toshlar inson hayotlik chog‘ida tasbeh istig‘for aytib shu toshlar orqali sanaladi va yig‘iladi, shu sababdan tasbeh toshlari diyiladi ba’zi holatlarda esa bu toshlar bo‘lmasa mayyitni ortidan qolganlar toshchalarga tasbeh aytib dam urib tashlanarkan birinchi va ikkinchi holatlarda bu qanchalik tug‘ri bu narsa diynimizda bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisi ham shariatimizda yo‘q, odamlar bu ishni umidvorlik maqsadida qilishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar