Farzi ayn ilmi to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Nafl ibodatni odam toqatidan tashqari qilsa g‘uluvga ketib qolishligini eshitgandim. Endi farzi ayn bo‘lgan ilmda ham odam toqatiga qarashligi kerakmi yoki toqati etmasa ham qigisi kelmasa ham farzi ayn ilmini o‘rganib olguncha harakat qilishligi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzi aynni o‘rganishga harakat qilish kerak. Bu borada dangasalik, zehni pastlik, ish bilan bandlik uzr bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:47 | Savol-javoblar | 158 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar