Islomda turmush
Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir masalani yana ko‘tarmoqchiman, bu gaplarim uzunligi uchun uzur so‘rayman. Bu saytda berilgan ko‘p savollarni o‘qidim, undegi ba’zi savollar bir masala ya’ni ikkinchi xotin va uning qoidalari to‘g‘risida ekan. Masalan bir odam savolini to‘liq o‘qib beraman “meni qalbimga Alloh iymon solgandan keyin payg‘ambarimizni sunatlariga amal qilishga harakat qildim. Ya’ni yana bir xotin oldim” va hokazo shunga o‘xshash gaplar. Axir payg‘ambarimiz faqtgina uylanmaganlarku, ular juda mukammal inson bo‘lganlarku, ota onasi yo‘q bolalarni asrab olganlar, boquvchisi yo‘q qariyalarga ota onalaridek muomila qilganlar va butun ummatlariga islomni go‘zalligini amalda ham ko‘rsatgan kabi boshqa amallari ham bo‘lganku. Savol berayotkanlar esa o‘z nafslarini payg‘ambarimizni sunnatlari deb o‘zlarini va o‘zgalarni aldashmayaptimi?! Bu savollari orqali ko‘p xotin qizlarga islomni yomon ko‘rsatib qo‘yishmayaptimi?! Asli islom go‘zal hech qanday kamchiliksiz ekanini tushuntirish o‘rniga nafsga qaralgan savollarini berishmoqdaku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ularni gapida ham sizning gapingizda ham jon bor. Ular ham siz ham bir nuqtaga qarab kelsangizlar natija to‘g‘ri bo‘ladi. Bir tomonni oqlab ikkinchi tomonni qoralash to‘g‘ri emas. Ikki tomonni ham ijobiysini olib, salbiysini muolaja qilish kerak. Bizning diyordagi erkaklar bitta ayolga kifoyalanmasligiga har kuni guvohi bo‘lib turilgan zinolar dalil. O‘sha zinoga qo‘l urayotgan ayollarni nikohga olinganida zinoning kasofatidan va ba’zi kasalliklardan ham qutilgan bo‘lar edik. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 151 | Islam